Serene Pharma Smartup bilan jarayonlarni avtomatlashtirdi va butun jamoaning samaradorligini 25% ga oshirdi
2024-11-25 09:17
Serene Group - yirik farmatsevtika xoldingidir. Bozorda 25 yildan ortiq. Farmatsevtika segmentidagi TOP-5 distributorlar yetakchilari ro’yxatiga kiritilgan. Markaziy Osiyo, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida vakolatxonalari mavjud.
Biznes ko'lami: O'zbekiston bo'ylab 870 dan ortiq xodimlar.
Vazifalar:
Savdo va marketing bo'limlarini dolzarb ma'lumotlar bilan ta'minlash
Buyurtmalar, jo'natishlar, mahsulot mavjudligi va buyurtma holati to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlashni avtomatlashtirish
Savdo va marketing bo'limlari xodimlari ma'lumotlarga kirish uchun qulay interfeys bilan ta'minlash
Chakana savdo nuqtalarining reytingini hisoblash uchun ma'lumotlarni yig'ishni avtomatlashtirish
Ingliz tilidagi interfeysning mavjudligi
Smartupdan yechim:
Buyurtmalar, mijozlar, mahsulotlar, jo'natmalar haqida ma'lumot to'plash va saqlash uchun funksionalni sozlash
Buyurtmani olib ketish va yetkazib berish holatini kuzatish funksiyasini sozlash
Real vaqt rejimida ma'lumotlarga kirish uchun Smartup mobil ilovasi
Biznes jarayonlarini avtomatlashtirish tizimini joriy etish
Chakana savdo nuqtalari uchun ma'lumotlarni yig'ish va ma'lumotlarni avtomatik yangilash tizimini joriy etish
3 tilda – o‘zbek, rus va ingliz tillarida interfeys bilan ishlash imkoniyati.
Natijalar:
Savdo va marketing bo'limlari samaradorligi 25 %ga oshdi Mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini 2 barobar oshishi va buyurtmalarni yetkazib berish jarayoni tezlashishi Savdoni oshishi va kompaniyaning raqobatbardoshligi ko’rsatkichi ko’tarilishi Muntazam vazifalarda ish vaqtini 15% dan 24% gacha tejash. Bo'limlar o'rtasida tegishli ma'lumotlarning muvofiqligi 80% ga oshishi